“Yupatdi”ning ma’nosi “aldash”mi – Koshg‘ariy nima deydi?
Falonchi pistonchini yupatdi gapida zarracha salbiy bo‘yoqni sezmaymiz, aksincha, ko‘ngilga qarash, birovni alqash, o‘zgani ehtiyotlash ma’nosidagi yaxshi jihatlarni tushunamiz. Lekin manbalarning guvohlik berishicha, bu so‘z aslida “aldadi”, “boshqa birovga to‘nkadi”, “bilib turib bilmaslikka oldi” degan ma’nolarni anglatar ekan. Mahmud Koshg‘ariy “Devon”ida bu so‘zga quyidagicha izoh bergan: Jupattї – ishga g‘ofillik qildi, boshqaga yukladi. Ol їshїg‘ jupattї – u ishni…
