Suyukli nabiram Şavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub

Assalomu alaykum, közimning oq-u qorasi, umrimning davomçisi bölgan nabiram! Mana şu daqiqalarda biz Iordaniya davlatiga, buyuk payğambarlar yurtiga, xususan, Muhammad sallollohu alayhi vasallam avlodlari bölgan Hoşimiylar Podşohligiga taşrif bilan ketmoqdamiz. Uşbu muqaddas safar davomida, qalbimni Vatanimizga mehr, soğinç tuyğulari qamrab olgan damlarda sen, aziz bolamga eng ezgu va samimiy tilaklarimni yöllaşga qaror qildim. Albatta, bunday…

Batafsil

Iqtisodiyot va moliya vazirligida takomillaştirilgan özbek alifbosiga oid seminar taşkil etildi

Mamlakatimizda davlat tilining nufuzini oşiriş, uning jamiyat hayotidagi örnini mustahkamlaş, yozma savodxonlikni yuksaltiriş hamda lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştiriş borasida izçil islohotlar amalga oşirilmoqda. Xususan, 2026-yil 21-oktabrda qabul qilingan Özbekiston Respublikasining ““Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiriş kiritiş haqida»gi Qonun davlat tilining yozuv me’yorlarini takomillaştiriş yölidagi muhim qadamlardan…

Batafsil

“Sof til” loyihasining navbatdagi foydalanuvçilari mukofotlandilar

27-oktabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi binosida Özbek tili sudi bölib ötdi! Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan ona tilimiz musaffoligini asraş maqsadida «Sof til» loyihasining taqdimoti ötkazildi. Tadbir oddiy yiğiliş emas, balki masalaga jiddiy yondaşuvni namoyiş etuvçi sahnalaştirilgan sud majlisi şaklida taşkil etildi. Jarayonda prokuror, advokat va guvohlar iştirok etib, köça-kuy, peşlavha hamda…

Batafsil

Özbekistonda 1700 dan ortiq nasos stansiyasining nomi özbekçalaştirildi

Hukumat qarori bilan 390 ta stansiyaga yangi nom berilgan, yana 1 348 tasining nomi davlat tili me’yorlariga muvofiqlaştirilgan. Xususan, Toşkent viloyati Bekobod tumanidagi “Avangard” nasos stansiyasi “Oltin vodiy”, “Volçi” — “Töqayzor”, “Perekaçka-1” va “Perekaçka-2” esa “Bekobod” va “Bekobod-2” deb nomlangan. Özbekistonda Suv xöjaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarining nomlari davlat tili qoidalari va me’yorlariga muvofiqlaştirildi hamda…

Batafsil

Raqamli makon va yoşlar: takomillaştirilgan alifbo bergan yangi imkoniyatlar

   Bugungi şiddat bilan rivojlanib borayotgan raqamli asrda internet makoni, ijtimoiy tarmoqlar va axborot texnologiyalari yoşlarning kundalik hayotining ajralmas qismiga aylandi. Axborot almaşiş tezligi, matnli xabarlar va onlayn muloqot madaniyati yozuv tizimidan nafaqat qulaylikni, balki texnik jihatdan tölaqonli moslaşuvçanlikni talab qiladi. Ayniqsa, yoş avlodning dunyoqaraşi, fikrlaşi va raqamli savodxonligi bevosita ular foydalanayotgan til muhitiga tayanadi….

Batafsil

“Jonajon o‘zbek tilim” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi (2026-yil)

O‘zbek tilining mamlakatimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosidagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash borasidagi qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilgan “Jonajon o‘zbek tilim” tanlovi g‘oliblari aniqlandi va taqdirlandi. Tanlovga kelib tushgan 800 ga yaqin loyiha ishlari hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqildi hamda adolat, xolislik va ochiqlik tamoyillari asosida g‘oliblar aniqlandi. G‘oliblarni…

Batafsil

Jarayon

Farg‘ona viloyati va Qo‘shtepa tumani bo‘ylab ma’rifiy uchrashuvlarni o‘tkazgan mehmonlar qishloq xo‘jaligi zahmatkashlarini ham e’tibordan chetda qoldirmadilar. Mutasaddilar tumandagi «Qoraqushchi-Otaboyev» MMTPga qarashli «Jo‘rabek Qodir yeri» fermer xo‘jaligiga tashrif buyurib, dalada mehnat qilayotgan ilg‘or terimchilar bilan ko‘rishdilar. Tadbirda ishtirok etgan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish…

Batafsil

Farg‘onadagi ma’rifiy taqdimotlar Qo‘shtepada davom etdi

Viloyat markazida boshlangan ushbu ma’rifiy tadbirlar uzviy ravishda Qo‘shtepa tumanida davom ettirildi. Tumandagi ixtisoslashtirilgan maktabda tashkil etilgan navbatdagi uchrashuvda ham iqtidorli yoshlar va adabiyot ixlosmandlari e’tiboriga yangi nashrlar – “O‘zbek adabiy tili imlo qoidalarining shakllanish tarixi”, “Sotsiolingvistika atamalarining izohli lug‘ati” hamda to‘rt jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” havola qilindi. Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimining ma’naviyat va davlat…

Batafsil

Farg‘onada o‘zbek tili va adabiyotiga oid muhim nashrlar taqdimoti o‘tkazildi

Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazida “O‘zbek adabiy tili imlo qoidalarining shakllanish tarixi”, “Sotsiolingvistika atamalarining izohli lug‘ati” hamda to‘rt jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” nashrlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori, professor Inomjon Azimov, Qo‘qon universiteti prorektori, professor Zebo…

Batafsil

O‘zbek tili va adabiyotiga oid yangi nashrlar taqdimoti o‘tkazildi

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamkorligida 4 jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi”, “O‘zbek adabiy tili imlo qoidalarining shakllanish tarixi” va “O‘zbek tili omonimlari lug‘ati” kitoblarining taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirni O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari Urol Yusupov kirish so‘zi bilan ochib…

Batafsil