TAOMNOMALARNING DAVLAT TILIDA BO‘LISHI TA’MINLANMOQDA

TAOMNOMALARNING DAVLAT TILIDA BO‘LISHI TA’MINLANDI Raqobat qo‘mitasi tomonidan ijtimoiy tarmoq va boshqa axborot resurslarida respublikamizda faoliyat yuritayotgan umumiy ovqatlanish shoxobchalari xizmatlaridan norozilik bildirilgan murojaatlar o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar davomida xo‘randalarga taqdim etilayotgan taomnoma xorijiy tillarda ya’ni rus, ingliz, turk, xitoy va boshqa tillarda ekanligi aniqlandi. Jumladan,Toshkentdagi “Basri Baba” turk taomlari restorani mas’ullarini jalb qilgan holda o‘rganilganda…

Batafsil

Davlat tilida ma’lumot bermagan restoranga chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoq orqali “Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan “MADO” ovqatlanish korxonasida iste’molchilarga taomnoma xorijiy tilda taqdim etilgan, ma’lumotlar Davlat tilida emas…” mavzusida fuqaroning e’tirozi qoldirildi. Raqobat qo‘mitasi mazkur murojaat yuzasidan o‘rganish o‘tkazgan. Toshkent shahrida joylashgan “MADO” restoranining taomnomasida haqiqatdan ham davlat tilida ma’lumotlar mavjud emasligi ma’lum bo‘lgan. “Bu bilan xizmat ko‘rsatish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini…

Batafsil

Davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilar o‘rtasida «Ommaviy diktant» tadbiri o‘tkazildi

Vazirlar Mahkamasi Rayosat majlisining 2025-yil 24-yanvardagi 14-son bayoni 7-ilovasi 14-bandida davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilar o‘rtasida «Ommaviy diktant» tadbirini o‘tkazish belgilangan edi. Kuni kecha Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamda uning hududiy bo‘linmalarida Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat…

Batafsil