“Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati” taqdimoti o‘tkazildi
Bugun, 27-yanvar kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan Vazirlik markaziy apparati departament, boshqarma, bo‘limlari, shuningdek, hududiy boshqarmalari boshliq-xodimlari ishtirokida “Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati” taqdimoti o‘tkazildi. Hozirgi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hayotimizga jadal surʼatlar bilan kirib kelmoqda. Bugun nafaqat mahsulotlar, balki xizmatlarni ham AKT orqali sotish va xarid qilish…
