Har bir millat ziyolisining xalqi oldidagi birinchi vazifasi ona-tilini rivojlantirish va asrashdir.
Taqdimoti o’tkazilgan kitoblar olimlar tomonidan aynan ona tili rivoji uchu qilingan mehnatlar samarasi deyish mumkin.

Hazrat Alisher Navoiyning: “Tilga ixtiyorsiz – elga eʼtiborsiz” degan hikmatli soʻzlari chinakam millatsevarlik, vatanparvarlik tuygʻulari bilan yoʻgʻrilgandir. Zero, ona tilini hurmat qilmagan kishi nafaqat oʻzini, balki elini hurmat qilmagan boʻlib chiqadi. Bilasizmi, har qanday millatning daholari oʻz qadriyatlarini mustahkamlash yoʻlida, avvalo, milliy tilga kuchli eʼtibor qilib, uni qattiq himoya qilganlar.

Kitob taqdimotida o zbek tilining dolzarb muammolari haqida ham so‘z bordi.
