Jarayon
Farg‘ona viloyati va Qo‘shtepa tumani bo‘ylab ma’rifiy uchrashuvlarni o‘tkazgan mehmonlar qishloq xo‘jaligi zahmatkashlarini ham e’tibordan chetda qoldirmadilar. Mutasaddilar tumandagi «Qoraqushchi-Otaboyev» MMTPga qarashli «Jo‘rabek Qodir yeri» fermer xo‘jaligiga tashrif buyurib, dalada mehnat qilayotgan ilg‘or terimchilar bilan ko‘rishdilar. Tadbirda ishtirok etgan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish…
