“KAMPIRNING DARDI GʻO‘ZADA”MI YO?..
Ochig‘i, bu maqolning ma’nosiga unchalik tushunmaganman. Nega kampirning dardi g‘o‘zada bo‘lishi kerak? Yaqinda O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova bilan safarda yurganimizda shu maqol haqida gap ketdi. Opa: “Eshitganim bor. “Kampirning dardi g‘o‘zada” emas, g‘ozada. Abdulla Qodiriy ham g‘oza so‘zini ishlatgan ekan” deb qoldi. Shundan keyin ichimga g‘uluv tushdi. Uyga kelib, o‘zim ko‘p qaraydigan –…
