Til, ma’rifat va meros uyg‘unligi: “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” taqdimoti Chilonzorda o‘tkazildi
Joriy yilning 27-may kuni Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan Singapur menejmentni rivojlantirish instituti binosida Chilonzor tumani hokimligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili adabiyoti va folklori instituti hamkorligida 4 jildlik «Alisher Navoiy ensiklopediyasi» kitobining taqdimot marosimi o‘tkazildi. Tadbirda navoiyshunos olimlar, Toshkent shahri va tumanlarida faoliyat olib borayotgan…
