Xorazmda “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” asarining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi

2025-yil 23-may kuni Xorazm viloyatining bir qator ta’lim muassasalarida, shu jumladan Urganch davlat universiteti, Pedagogik mahorat markazida va boshqa tashkilotlarda buyuk mutafakkir, o‘zbek mumtoz adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” asarining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda nufuzli ilmiy muassasalar vakillari, filologiya sohasidagi yetuk olimlar ishtirok etdilar:

Maqsud Asadov — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori o‘rinbosari, filologiya fanlari doktori, professor;

Dilshod G‘oyipov — Urganch davlat universiteti Filologiya va san’at fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori, professor;

Sobirov Jasurbek — Xorazm viloyati hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi.

Ensiklopediyasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etilgan bo‘lib Respublikamizning qator tashkilotlariga beg‘araz yetkazib kelinmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan