Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada yangi kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

2023-yil 27-iyulda  Milliy kutubxonada O‘zbekiston Respublikasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamkorligida  Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga chop etilgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilining frazelogik lug‘ati”, “O‘zbek xalq so‘zlari” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotni Milliy kutubxona rahbari U.Alimjanova…

Batafsil

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida yangilangan va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ilk bor chop etilgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri, atoqli shoir Nodir Jonuzoq, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari Dilshod Kenjayev, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasining direktori Azizjon Eminov va boshqalar ona tilimizni asrab-avaylash…

Batafsil

Oksford universitetida o‘zbek tili kursi ochiladi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga Oksford universiteti Sharqshunoslik fakulteti dekani o‘rinbosari, professor Zeyneb Yurakli boshchiligida bir guruh turkolog professorlardan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarga universitet faoliyati yaqindan tanishtirilib, o‘zbek mumtoz adabiyoti namoyandalari, uyg‘onish davri adabiyotining serqirra ijodkorlari, olim-u fuzalolari, ularning asarlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Muassasaning o‘zbek tili va madaniyatini…

Batafsil

Ekologiya vazirligida davlat tilining nufuzini oshirishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi

  Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida davlat tilida ish yuritishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbirni Ekologiya vazirining birinchi o‘rinbosari Obidjon Qudratov ochib berdi. Shuningdek, unda davlat tili masalalari bo‘yicha vazir maslahatchisi Matnazar Elmurodov, Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish…

Batafsil

Yangi loyiha taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilgan “Yangi avlod o‘quv  lug‘atlari va ularning mobil ilovasini yaratish”  loyihasi yakuniy hisoboti hamda taqdimoti o‘tkazildi. Oʻzbek  tilining yangi avlod elektron lugʻatini ishlab chiqishdan maqsad, oʻzbek tilidagi omonimlar, paronimlar va soʻzlarni asos va qoʻshimchalarga ajratgan holda soʻzlar lugʻatini tashkil qilish, mashq va vazifalarni onlayn…

Batafsil

Farmoyish hujjatlarining bir-biridan qanday farqi bor?

  Farmoyish hujjatlariga buyruq, farmoyish, ko‘rsatma kabi hujjatlar kiradi. Bu hujjatlar barchasi buyruq berishga asoslangan hujjatlardir, lekin o‘z ichida ma’lum farqlarga ega. “Davlat tilida ish yuritish” kitobida bu hujjatlar haqida shunday tariflar berib o‘tilgan: Buyruq – muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo‘llanadi. Mohiyat-e’tibori bilan buyruqlar ikkiga bo‘linadi: asosiy faoliyatga…

Batafsil

Shavkat Mirziyoyev: “Mana, keyingi paytda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish bo‘yicha katta ishlarni amalga oshiryapmiz. Ayni paytda oldimizda yangi, yana-da muhim vazifalar turibdi. Jumladan, ziyolilarimiz, keng jamoatchiligimiz bilan bamaslahat, lotin yozuviga asoslangan alifbomizni takomillashtirish bo‘yicha ishlarni yakuniga yetkazishimiz zarur”.

Batafsil