Xodimlar malakasi va bilim salohiyatini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlari tashkil etildi

“Toshkent metropoliteni” DUKda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida 11-dekabr kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mutaxassislari G.To‘ychiyeva va D.Yusufovalar ishtirokida metropoliten xodimlarlarini malakasi va bilim salohiyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar va o‘quv seminarlari bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

Yangi nashr qilingan kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorlikda universitetda “Oʻzbek tili sinonimlarining oʻquv lugʻati”  hamda “O‘zbek adabiy tilidan singarmonizmning chiqarilishi” qo‘llanmalarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.   Tadbirda universitet xodimlari, kitob mualliflari, talabalar hamda Jamg‘arma mas’ullari ishtirok etishdi.

Batafsil

Olmazor tumani hokimligi xodimlariga malaka oshirish sertifikatlari hamda kitoblar topshirildi

Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan Olmazor tumani hokimligida tashkil etilgan «O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish» o‘quv kursi tashkil etilgan edi. Bugun ushbu kursni muvaffaqiyqtli yakunlagan hokimlik xodimlariga sertifikatlar topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori I.Azimov,…

Batafsil

Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganligiga 35 yil to‘ldi

Ushbu munosabat bilan Qoraqalpog‘istonda bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Dastlab Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bayramga bag‘ishlangan katta tadbir tashkillashtirildi. Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganining 35 yilligi  munosabati bilan chop etilgan yangi kitoblar taqdimoti tashkil etildi….

Batafsil