Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan Olmazor tumani hokimligida tashkil etilgan «O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish» o‘quv kursi tashkil etilgan edi. Bugun ushbu kursni muvaffaqiyqtli yakunlagan hokimlik xodimlariga sertifikatlar topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori I.Azimov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish markazi direktori A.Eminov, Olmazor tumani hokimi A.Umarxonov, Toshkent shahar hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.Ro‘zitoyev, boshqa mutasaddi rahbar-xodimlar va tinglovchilar ishtirok etishdi.
Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori I.Azimov so‘zga chiqib, kursni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarni qutladi, tuman hokimligi tomonidan xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan e’tibor alohida e’tirof etilidi.
O‘zbek tilini rivojlantirish markazi direktori A.Eminov tomonidan hokimlik hodimlariga Jamg’arma tomonidan chop etilgan kitoblar taqdim etildi.
Davlat tilining nufuzi va mavqeyini oshirish, har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlash, mehnat jamoasida o‘zbek tilini amaliy jihatdan puxta o‘rganishni namunali yo‘lga qo‘ygani uchun Olmazor tumani hokimi A.Umarxonov hamda tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʼgʼrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʼyicha maslahatchisi D.Umurzakova Markaz tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
