Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda “Oriat Dona” radiokanali bilan hamkorlikda tayyorlangan “TAVAKKAL” loyihasi haftaning har dushanba kuni 8:00 dan 9:00 gacha efirga uzatilmoqda.

Loyihaning ilk sonida g‘olib bo‘lgan ishtirokchiga Jamg‘arma tomonidan chop etilgan kitoblar hamda konsert dasturiga chiptalar taqdim etildi.
Ushbu loyihada siz ham ishtirok eting hamda Davlat tili bo‘yicha bilimlaringizni sinab, sovg‘alarni qo‘lga kiriting!
