Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamkorligida Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUda Ozarbayjon tillar universiteti Turk dunyosi tadqiqotlari markazi direktori filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Elchin Ibrohimovning “Ozarbayjon yozuvi va alifbosining tarixi” mavzusidagi seminar tashkil etildi.

Tadbirni davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori I.Azimov ochib berib, Ozarbayjon hamda O‘zbekiston til siyosatidagi hamkorlikning mustahkamligi va bu borada amalga oshirilgan ishlar haqida fikr yuritdi.

Seminar davomida O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori A.Eminov tomonidan Turkiy tillar rivoji uchun katta hissa qo‘shayotgan Elchin Ibrohimov hamda Bahtiyar Arslanga tashakkurnoma va jamg‘arma tomonidan nashr etilgan kitoblar topshirildi.

Tadbir so‘ngida yangi chop etilgan kitoblar universitet ustozlari va talabalariga sovg‘a qilindi.
