Hokim yordamchilari va Yoshlar yetakchilari «Ommaviy diktant» yozishdi
Chilonzor tumani hokimligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 5 bosqichli tadbir iyul-avgust oylari davomida har haftaning juma kunlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Tadbirning #ikkinchi bosqichida mahallalarda faoliyat olib borayotgan “Hokim yordamchilari” va “Yoshlar yetakchilari” ishtirok etishdi.
Tadbir Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi, tuman Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida yuqori saviyada tashkil etildi.
Diktant yozish tadbirida yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar Mustaqillik bayrami arafasida munosib rag‘batlantiriladi.
