Bugun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilgan “Yangi avlod o‘quv lug‘atlari va ularning mobil ilovasini yaratish” loyihasi yakuniy hisoboti hamda taqdimoti o‘tkazildi.

Oʻzbek tilining yangi avlod elektron lugʻatini ishlab chiqishdan maqsad, oʻzbek tilidagi omonimlar, paronimlar va soʻzlarni asos va qoʻshimchalarga ajratgan holda soʻzlar lugʻatini tashkil qilish, mashq va vazifalarni onlayn holda yaratish maqsadida yangi avlod lugʻatlarini veb sahifasini hamda mobil ilovasini yaratishni amalga oshirishda iborat.

Ushbu loyiha ona tili o‘qituvchilariga foydali qo‘llanma, o‘quvchilarga esa keng imkoniyatlarga ega manba bo‘ladi.
