Til, ma’rifat va meros uyg‘unligi: “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” taqdimoti Chilonzorda o‘tkazildi

Joriy yilning 27-may kuni Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan Singapur menejmentni rivojlantirish instituti binosida Chilonzor tumani hokimligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili adabiyoti va folklori instituti hamkorligida 4 jildlik «Alisher Navoiy ensiklopediyasi» kitobining taqdimot marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda navoiyshunos olimlar, Toshkent shahri va tumanlarida faoliyat olib borayotgan hokimlarining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari, mahallalar faollari, talabalar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Tadbirda Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ushbu ensiklopediya va uning yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni haqida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mas’ul xodimi Guljamol To‘ychiyeva,Toshkent shahar hokimining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Akmal Ro‘zitoyev, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institut O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi bo‘limi mudiri, filologiya fanlari nomzodi, dots.nt Sayfiddin Rafiddinov, yetakchi ilmiy xodim, filologiya fanlari doktori Qodirjon Ergashevlarning ma’ruzalari tinglandi.

✅✅✅ Tadbir davomida «Bekat» nomli ma’rifiy mavzudagi videorolik namoyish etildi.

👉👉👉 Taqdimot marosimi so‘ngida qiziqarli muzokaralar va savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan