9-fevral – Alisher Navoiy tavallud topgan kun

Bugun Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan erta tongdan shoir nomi bilan ataluvchi bog’da qad rostlagan ulug‘ ajdodimiz haykali oldida  tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda xorijdan tashrif buyurgan olimlar, shoirlar, Navoiy ijodini o‘rganayotgan talabalar ishtirok etdilar va o‘zbek tilida nutq so‘zladilar.

Buyuk shoir va mutafakkir haykali poyiga gulchambar qo’yildi.

Bugun Adiblar xiyobonida ajoyib muhit hukm surmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan