Seminarda Toshkent shahar Bolalar kutubxonasi direktori F.Yulchieva, Respublika pedagogik ta’lim resurs markazi bo‘lim boshlig‘i A.O‘tkirov, Olmazor tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi D.Umurzakova, Olmazor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi metodisti D.Raximovalar ishtirok etdilar.
Seminar davomida umumta’lim maktablarda davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishish maqsadida kutubxonachilariga “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” kitobi taqdim etildi.
