Mahmudxo‘ja Behbudiy. Til masalasi (1915)
Turkchaning shu’ba va shox(a)lari bo‘lgan o‘zbek-chig‘atoy, totor, ozarbayjon, qozoq va turkman lahjalarindagi yangi matbuotning eng ahamiyatlik masalalaridan biri, albatta, sheva, lahja, imlo masalalaridur. Yuqoridagi lahjalarg‘a so‘ylayturgon turk bolalari bir-ikki ming sanadan beri Eron xalqining alarg‘a va yo alarni eroniylarg‘a istilo etganlari sababidan fors madaniyati va adabiyoti va lug‘atlari nufuzig‘a mahkum bo‘lub, fors tilidan bir xeyli…
