Toshkent shahri Olmazor tumani hokimligi, tuman Soliq inspeksiyasi, tuman Obodonlashtirish bo‘limi, tuman Ishchi guruh a’zolari tomonidan tumandagi noqonuniy o‘rnatilgan tashqi reklama va axborot konstruksiyalari, noqonuniy o‘rnatilgan reklama qurilmalari, axborot yozuvlari, e’lonlar, noqonuniy o‘rnatilgan tashqi reklama qurilmalarini bartaraf etish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.
Olib borilayotgan tushuntirish ishlari natijasida noqonuniy o‘rnatilgan reklama qurilmalari, axborot yozuvlari, tashqi reklama yozuvlari va axborot konstruksiyalari, bannerlari demontaj qilindi.
Hurmatli tadbirkorlar Sizdan, tashqi reklama axborot yozuvlarini, e’lonlarni, peshlavhalarni, reklama qurilmalardagi yozuvlarni, tashqi reklama yozuvlarini o‘rnatishda “Reklama to‘g‘risida”gi, “Davlat tili haqida”gi Qonunlar talablariga rioya etishingizni so‘raymiz.

