Jarayon

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani «Inson ijtimoiy xizmatlar markazi» da davlat tili to‘g‘risidagi qonun talablariga rioya etilishi holati yuzasidan hokim maslahatchisi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida markazda yuritilayotgan ish hujjatlarining davlat tilida rasmiylashtirilishi, ish yuritish jarayonida davlat tiliga amal qilinishi, tashqi va ichki yozuvlar, e’lon va axborotlarning qonun talablariga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, xodimlarga davlat tili to‘g‘risidagi qonun talablariga qat’iy rioya etish, ish yuritishda hamda aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonida davlat tilidan to‘liq va to‘g‘ri foydalanish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan