Latviyaning O‘zbekistondagi elchixonasi boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralar olib borildi

Oldimizga qo‘yilgan eng muhim vazifalardan biri davlat tilining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, Internet jahon axborot tarmog‘ida munosib o‘rin egallashini ta’minlashdir. Shu maqsaddan kelib chiqqan holda tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan birgalikda o’zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar yaratish bo‘yicha loyihalar amalga oshirib kelinmoqda.

Latviyaning O‘zbekistondagi favqulodda muxtor elchisi Reynis Troksha boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Delegatsiya tarkibida dunyoga mashhur   tilga doir dasturlar yaratuvchi “Tilde” kompaniyasi vakillari bor. Jumladan, Tilde kompaniyasi boshqaruvi raisi Arturs Vasilevskis va biznesni rivojlantirish boʻlimi rahbari Kaspars Kaulins Markazda bo‘lib, mas’ullar bilan muzokaralar olib bordilar.

Mehmonlar bilan Vazirlar mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori A. Eminov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori I. Azimov, ToshDO‘TAU xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori N.Normurodova, O’ZMU professori N. Abdurahmonova ToshDO‘TAU Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar kafedrasi mudiri B.Elov suhbatlashdilar.

Tomonlar o‘zbek tili taraqqiyoti uchun muhim qadamlarni birgalikda tashlashga va hamkorlikda o’zbek tilini internet tarmog’ida munosib o‘rin egallashiga erishish uchun barcha harakat qilishga kelishib oldilar.
Tez orada mazkur yo‘nalishda yirik loyihalar boshlanishi kutilmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan