Namangan viloyatida ona tilimiz rivojiga bagʻishlangan yangi kitoblar taqdimoti yuqori saviyada o‘tkazildi

2026-yilning 15-sentabr kuni Namangan shahridagi Nodirabegim nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida oʻzbek tili va adabiyoti xazinasini boyitishga xizmat qiluvchi uchta yirik asar — 4 jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi”, “Oʻzbek adabiy tili imlo qoidalarining shakllanish tarixi” hamda “Oʻzbek tili omonimlari lugʻati” kitoblarining rasmiy taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi. Mazkur nufuzli tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini…

Batafsil

Munosabat. O‘Z TILINGDA SO‘ZLASH — BU MUSTAQILLIK NE’MATI

OʻZ TILINGDA SOʻZLASH — BU MUSTAQILLIK NEʼMATI Kechagi armonlar, bugungi erkinlik va ertangi avlod oldidagi masʼuliyat haqida Xotiramdagi mustaqillik Baʼzan inson tarixni kitobdan emas, oʻz hayotidan oʻqiydi.  Biror sana, biror voqea, biror uchrashuv yoki hatto oddiy bir suhbat xotirasi uni qayta kashf etadi. Yillar oʻtib, oddiydek tuyulgan bir voqea bugun butun bir davrning mohiyatini anglatib…

Batafsil

Samarqandda kitob taqdimoti o‘tkazildi

14-avgust kuni viloyat Axborot-kutubxona markazida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamkorligida yangi ilmiy-ma’rifiy nashrlar taqdimotiga bag‘ishlangan ilmiy-adabiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir «Alisher Navoiy ensiklopediyasi», «Zarif so‘z ziyorati» va «O‘zbek tili omonimlari lug‘ati» kitoblariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda tilshunoslik sohasidagi mutaxassislar va rahbarlar ishtirok etdi. Kechada ushbu nashrlarning…

Batafsil

O‘zbek tili: milliy o‘zlikdan davlat boshqaruvigacha

Til –  millatning ma’naviy mulki, bebaho xazinasidir. Azaliy qadriyatlarimizning gultoji bo‘lgan ona tilimiz asrlar sinovidan bezavol o‘tib kelayotgan buyuk tafakkurimiz mahsulidir. Shu ma’noda, Vazirlar Mahkamasining 2026 – yil 7 – avgustdagi 437-son qarori davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni amaliy harakatga aylantiradigan muhim hujjat bo‘ldi. O‘zbek tili xalqimizni birlashtiradigan, jamiyatimizni ulug‘ maqsadlar sari safarbar etadigan qudratli kuchdir….

Batafsil

Jizzaxda “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” va ilmiy lug‘at nashrlarining taqdimoti o‘tkazildi

Joriy yilning 13-avgust kuni Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyati Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamkorligida nashr etilgan ilmiy va ma’rifiy ahamiyatga ega yangi adabiyotlar taqdimotiga bag‘ishlangan ilmiy-adabiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 4 jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi”, “Zarif so‘z ziyorati” hamda “O‘zbek tili…

Batafsil

Davlat tili — sohaviy taraqqiyot va ilmiy-akademik mas’uliyat mezoni

Davlat tilining jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy va ilmiy-amaliy nufuzi, eng avvalo, uning nafaqat kundalik muloqot va rasmiy ish yuritishda, balki tarmoqlararo ilmiy muloqot, fan hamda texnika sohalarida nechoqlik ratsional va tizimli qo‘llanilishi bilan belgilanadi. Zamonaviy globallashuv va jadal texnologik tarqqiyot davrida milliy tilning amaliy imkoniyatlarini kengaytirish, terminologik bazani me’yorlashtirish hamda uni xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish…

Batafsil

DIQQAT, TANLOV!

Davlat tiliga e’tiborlimisiz? Har bir ishda davlat tili qoidalariga rioya etasizmi? Balki siz o‘zbek tilini kompyuter tiliga aylantirmoqchidirsiz? Unda ushbu tanlov aynan siz uchun! Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti, hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida o‘zbek…

Batafsil

O‘zbekistonda xorijdagi yosh vatandoshlar uchun “Anor” loyihasi doirasida ilk bor etnomadaniy o‘zbek tili oromgohi ish boshladi

O‘zbekistonda xorijdagi yosh vatandoshlar uchun “Anor” loyihasi doirasida ilk bor etnomadaniy o‘zbek tili oromgohi ish boshladi. “Milliy tiklanish” DP hamda “Vatandoshlar” jamoat fondi tashabbusi va qator vazirlik hamda tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan ma’rifiy loyihada 14 ta davlatdan 250 ga yaqin vatandoshlarning 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan farzandlari ishtirok etmoqda. “Bir Vatan, bir millat, bir yurak”…

Batafsil

“Sof til” loyihasi foydalanuvchilari mukofotlandi

Biroz vaqt avval Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi “Sof til” loyihasiga start bergan edi. Loyiha oʻzbek tilida xatosiz yozishni targʻib qilish hamda koʻchalardagi peshlavhalar, reklama bannerlari, shuningdek, hujjatlarda davlat tili qoidalariga rioya etilishini jamoatchilik nazorati orqali taʼminlashni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Loyiha qanday ishlaydi? Telegram ilovasida “@Softil_bot” hamda Instagram tarmogʻida maxsus @softiluz sahifasi ishga…

Batafsil

Tilimiz boyligimiz!

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda “YOSHLAR” radiokanali bilan hamkorlikda olib borilayotgan “Tilimiz boyligimiz” radioviktorinasini aprel oyi g‘oliblari aniqlanib diplom hamda kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandilar. G‘oliblar: 1 – o‘rin Boltayeva Nigora Beg qizi, 2 – o‘rin Musayeva Odina Yusupovna, 3 – o‘rin Komilov Ilxom Raximqo‘ziyevich. Har haftaning yakshanba kuni soat 16:15 da “Yoshlar”…

Batafsil