Andijon viloyatida Davlat tiliga oid bir qator muammolar ko‘rib chiqildi


            Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mas’ul hodimlari tomonidan Andijon viloyatidagi Davlat tiliga oid bir qator muammolar ko’rib chiqildi.

Vazirlar Mahkamasining 117-son qarori ijrosi to‘liq ta’minlanmaganligi sababli Davlat tilida ish yuritish asoslarini o’qitish va malaka oshirish markazi Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi faoliyati olti oy avval to‘xtatilgan edi. Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri Sobir Sayfiyevichning alohida topshirig‘i asosida department mudiri o‘rinbosari Z.Ro‘ziyev, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o’qitish va malaka oshirish markazi direktori I.Azimov hamda O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori A.Eminov viloyat hokimi o‘rinbosari, Andijon davlat universiteti rektori, viloyat hokimining davlat tili bo‘yicha maslahatchisi bilan Bosh vazir topshiriqlarining ijrosi bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borildi. Natijada viloyat hududiy bo‘linmasi faoliyati qayta tiklandi, hududiy bo‘linma rahbarligiga nomzod tavsiya qilindi, bo‘linma faoliyati uchun alohida xona ajratilib, to‘liq jihozlanib berildi. Viloyat hokimi o‘rinbosari hududiy bo‘linma faoliyati, malaka oshirish jarayonini o‘z nazoratida bo‘lishini bildirdi.

Shuningdek, tuman maslahatchilari bilan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish tanqidiy ruhda bo‘lib o‘tdi. Z.Ro‘ziyev tomonidan har bir tuman miqyosidagi kamchilik, muammolar tahlil qilindi, har bir maslahatchi faoliyatiga tanqidiy baho berildi. O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori A.Eminov tomonidan yig‘ilish ishtirokchilariga kitoblar taqdim qilindi.

Tanlovga tavsiya qilingan Jalaquduq tumani maslahatchisi faoliyati bilan tanishildi. Hududdagi tashqi yozuvlardagi, ish yuritishdagi kamchiliklar joyida muhokama qilindi, ish faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.  

One thought on “Andijon viloyatida Davlat tiliga oid bir qator muammolar ko‘rib chiqildi”

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan