Navoiy viloyati “Navoiyazot” AJda “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi tarmoq korxonalarning ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul xodimlari, Xotin-qizlar va kasaba uyushma qo‘mitalari rahbarlari, Yoshlar ittifoqi yetakchilari ishtirokida sayyor seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Odil Temirov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
“O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi Sanobar Abdurahmanova tashkilotda barcha hujjatlar davlat tilida olib borilishi ta’kidlab o’tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6084-son Farmonining 2-ilovasi 9-, 12- bandlariga asosan O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan chop etilgan yangi kitoblarni taqdimoti o‘tkazildi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mas’ul xodimlari Oybek Eshonqulov va Sobir Atajanov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul xodimi Ziyoda Akbarqulova, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Nodira Karimova, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi professori Gulnoza Sattarova, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi bo‘lim boshlig‘i O‘rinboy Boboyevlar ishtirok etdilar.
