“Ona tilim – g‘ururim, faxrim!” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 34 yil to‘lgani munosabati bilan o‘zbek tilini yanada rivojlantirishga qaratilgan tanlovlarni uyushtirish yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda “Ona tilim – g‘ururim, faxrim!” tanlovi tashkillangan edi.

Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi telegram ijtimoiy sahifalarida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi munosabati bilan  joriy yilning 13-iyulidan 5-oktabrgacha “Ona tilim – g‘ururim, faxrim!” tanlovi e’lon qilindi.

Telegram sahifasida tanlov ishtirokchilariga 3 oy davomida  o‘zbek tiliga oid savollar berib borildi. Ushbu tanlovda jami 100 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi. Ishtirokchilar tomonidan yuborilgan javoblar mazkur telegram (@Davlat_tili_jamgarmaa_bot) botida ishchi guruh tomonidan saralab borildi.

Tanlovning yakuniy natijalariga koʻra Kurbanova Zilola Baxtiyorovna (Toshkent viloyati) – 1-o‘rin, Saydazzamova Chamangul Olimjon qizi ( Samarqand viloyati) – 2-o‘rin, Shakarov Zohid Kolboyevich (Toshkent shahri) – 2-o‘rin, Zarmasov Shahboz Shahriddin o‘g‘li (Samarqand viloyati) – 3-o‘rin hamda Soliyeva Shoxista Abdullayevna (Farg‘ona viloyati) – 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

Tanlovda g‘oliblari “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” respublika tanlovining taqdirlash marosimiga taklif etilib, tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alar (kitoblar jamlanmasi) bilan mukofotlanishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan