“O‘zbek tilining katta imlo lug’ati” va “O‘zbekiston joy nomlarining izohli lug‘ati” kitoblarining taqdimoti Beruniy tumani hokimining maslahatchisi A.Sheripov tomonidan keng jamoatchilikka tushuntirildi.
Harf va so‘zlarning to‘g‘ri yozilishi, talaffuzi va joy nomlari keltirilgan mazkur izohli lug’at lotin alifbosida nashr qilingan. Mazkur lug‘at nafaqat o‘zbek xalqi uchun lotin yozuviga asoslangan o‘zbek tilini o‘rganishni hohlovchilar uchun ham qo‘llanma bo‘ldi.