“Ish yuritish va til me’yorlari” nomli seminar o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda “Ish yuritish va til me’yorlari” nomli seminar o‘tkazildi.

Tadbirda Agentlik va barcha tizim tashkilotlarining mas’ul xodimlari faol ishtirok etishdi.
Seminar avvalida Agentlik va tizim tashkilotlari xodimlari uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan nashr etilgan davlat tilida ish yuritish, o‘zbek tili me’yorlariga oid kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Seminarda Markazning Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi bo‘lim boshlig‘i O‘rinboy Boboyorov o‘zining “Davlat tilida ish yuritish masalalari va Lotin yozuvidagi o‘ziga xosliklar” nomli ma’ruzasi bilan ishtirok etib, Agentlik va tizim tashkilotlari xodimlariga bugungi kunda tashkilotlarda davlat tilida, xususan Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ish yuritish bo‘yicha zaruriy tavsiyalarni berib o‘tdi.

Seminar davomida xodimlar davlat tili bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan