Biz ön yil burun hamma sohada iqtidorli bolalarni tarbiyalaşga kirişgan edik. Bugun ana şu işlarimizning dastlabki umidbaxş natijalarini körib turibmiz.
Aziz dilbandim!
Sizlarga Özbekistondek ozod va obod yurtda tuğilmoq, yaşamoq baxti nasib etdi. Ona Vatanimiz çindan ham jannatmonand yurt! Akademik şoirimiz Oybek Özbekistonimizni tuproğida oltin gullaydigan ölka deb ta’riflaganida yuz karra haq edi.
Özbekiston deb atalgan, uç ming yildan ziyod davlatçilik tarixiga ega bölgan mamlakat farzandi, özbek degan uluğ millat öğloni ekaningdan hamişa ğurur, iftixor tuyib yaşagin, bolam!
Yurt kelajagi sen kabi millionlab yoşlarga boğliq ekanini aslo unutma! Ilm-ma’rifat örganişga sidqidildan harakat qil! Çunki bilim va tafakkur bitmas-tuganmas boylikdir.
Yodda tutginki, yoşlikda olingan bilim xuddi toşga öyilgan naqş kabi sira öçmaydi, baxtli, kuçli va barkamol inson bölib hayot keçirişing uçun butun umr senga hamroh-u hamnafas böladi.
Töğri, bugun sen va sen mansub bölgan avlodni mutolaadan çalğitadigan maşğulotlar, vaqti, e’tibori va imkoniyatlarini öğirlaydigan texnologiyalar köpaymoqda.
Zamonaviy gadjetlar va sun’iy intellektdan unumli foydalan, ammo ularga qaram bölib qolişdan ehtiyot böl!
“Oltin zanglamas” deganlaridek, çinakam bilim va ma’rifat heç qaçon öz qadr-qimmatini yöqotmaydi.
Ilm-fan yangiliklarini sinçkovlik bilan kuzatib, ularning mohiyatini anglaşga harakat qil!
Til bilgan – el biladi, xorijiy tillarni özlaştirişga rağbatingni aslo susaytirma!
Har kuni bilim olişga, yangi könikma va tajriba orttirişga harakat qil! Biror işga qöl ursang, uni albatta oxiriga yetkazgin. Bugungi işni aslo ertaga qoldirma!
Pahlavon bolam!
Sen dunyoga kelgan kuningdan buyon qalbimizga olam-olam quvonç baxş etmoqdasan. Ilk bor tetapoya qilib yurganing, tiling çiqib, biyron-biyron sözlay boşlaganing, qisqasi, har bir olğa taşlagan qadamingni çeksiz şodlik va ulkan ğurur bilan kuzatamiz. Şunday kezlarda “danagidan mağzi şirin” degan ibora qançalik töğri ekaniga takror-takror amin bölaman.
Asta-sekin hayotingdagi muhim davrlarga kirib bormoqdasan. Fursatdan foydalanib, senga vaqtning qadri xususida ham ikki oğiz nasihat qilişni lozim topdim.
Mendan “Bobojon, hozir sizga nima köproq yetmaydi?” deb sörasang, heç ikkilanmay “Vaqt yetmaydi, vaqt!” deb javob beraman. Ong-u tafakkurimni jonajon yurtimizni yanada yuksaltirişga qaratilgan köp-köp yangi ğoyalar, ilğor taşabbuslar band etgan. Afsuski, ularning barini yuzaga çiqarişga vaqt kamlik qilyapti. Şu sababli, kam uxlab, köp işlaşga töğri kelmoqda. Yaratgan Egam zimmamga şunday ulkan mas’uliyatni yuklagan ekan, şirin uyqudan, halovatdan voz keçmasam bölmaydi. Xalqim tunda osuda uxlaşi uçun ham men har doim bedor bölmoğim kerak, axir!
Unutma, vaqt şunday boylikki, uning bahosi yöq. Uni ortga qaytariş, tiklaş ham imkonsizdir. Şunday ekan, har bir daqiqani ğanimat bil!
Yana bir gapni aytmasam bölmaydi, bolajonim! Hayotda könglingga tukkan işlaring har doim ham tez va soz amalga oşmasligi, gohida omad yuz ögirişi ham mumkin. Şunday pallalarda şoşqaloqlik va umidsizlikdan yiroq bölib, sabr va irodaga suyanmoq lozim.
Şuni doimo yodda tutginki, çinakam muvaffaqiyat bu –muvaffaqiyatsizlikdan xulosa çiqarib, ruhni çöktirmay, çidam va jasorat bilan oldinga borişdir. Hayotdagi eng katta yutuq heç qaçon yiqilmaslikda emas, balki yiqilgan taqdirda ham özida kuç topib qayta tura bilişdadir. Şuning uçun heç qaçon yengildim dema! Tuşkunlikka tuşma! Faqat olğa va yana olğa yur!
Ezgu niyat, qat’iy amal va gözal fazilatlar bilan yaşasang, aslo kam bölmaysan. Ilm-ma’rifat va qat’iy intizomga tayangan mehnat esa noningni butun, el-yurt orasida nomingni aziz qiladi.noningni butun, el-yurt orasida nomingni aziz qiladi.
Suyukli nabiram!
Men har gal özga yurtlarda safarda yurganimda sizlarni, Özbekistonni juda soğinaman. Bamisoli daryo sohilidan toşgandek, soğinç qalbimdan toşganda bayroğimizga qarayman.
Bayroq – Vatanimiz, milliy ğururimiz timsoli. Kindik qoni tökilgan yurtni sevgan inson uning ramzlarini ham köz qoraçiğidek asrab-avaylaydi.
Men Özbekistonda ösib-ulğayib kelayotgan har bir bola ona diyorimizni çin dildan yaxşi körişi, bayroğimizni or-nomusimiz va şarafimiz ramzi sifatida qadrlab, uni hamişa baland kötarişini istayman.
Sen ham kelajakda qaysi kasb-korni egallaşingdan qat’i nazar, Vatanga naf keltirmoqqa, el koriga yaramoqqa intil!
Işonçim komil, bugun biz amalga oşirayotgan ulkan islohotlar Yangi Özbekistonimiz dunyoning eng rivojlangan davlatlari safiga kirişi uçun mustahkam zamin böladi.
Oldimizga qöygan yuksak marralar, uluğvor maqsadlarga erişiş butun xalqimiz bir tan-u bir jon bölib harakat qilişi, millat va davlat yakdilligini talab etadi. Bu yölda sizlar ham özingizning bor aql-zakovatingiz va kuç-ğayratingizni işga solib, astoydil harakat qilişingiz kerak.
Odamiylik – insonning asl ziynati. Har qanday vaziyatda ham inson bölib qolmoq muhimdir. Mardlik, oriyat, vatanparvarlik, halollik, kamtarlik, mehnatsevarlik, olijanoblik kabi fazilatlaringni gavhar kabi asrab-avaylagin!
Ismi jismiga monand bek öğlim!
Könglimda senga aytadigan gaplarim köp, ammo davlat işi bilan boğliq vazifalar bois, maktubimni hozirça şu yerda töxtatişga majburman.
Sen ham, tengdoşlaring ham bir narsani doimo yodingizda tuting: sizlar bobo-buvilaringiz, ota-onangizning köz qaroği, bebaho boyligisiz.
Mening öz fikrlarim yurtimizdagi har bir bobo va ota, har bir buvi va onaning öz aziz dilbandlariga atagan yurak sözlaridir.
Mening öz nasihatlarim Özbekistonning barça bolalariga bağişlangan ezgu tilaklardir.
Sizlarni juda soğinganman. Nasib etsa, tez orada diydorlaşamiz.
Baxtimizga hamişa soğ-omon bölgin!
Ilohim, kamolingni, iqbolingni körib yuraylik!
Prezident bobong Şavkat MIRZIYOYEV

