Biz haqimizda

Biz haqimizda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2020-yil 10-fevraldagi №-73-son qarori asosan tashkil etilgan.

Jamg‘armaning asosiy vazifalari o‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va o‘zbek tilini rivojlantirish loyihalariga grantlar ajratish, kitoblar, qo‘llanmalar, lug‘atlar va boshqa kitob mahsulotlari chiqarishni  moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, o‘zbek tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, o‘zbek tilining xalqaro mavqeini mustahkamlash maqsadida davlat tilidagi materiallarni xorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlarga va xorijiy mamlakatlardagi o‘zbek tilini o‘rgatish markazlariga yetkazishga ko‘maklashish hamda o‘zbek tilini rivojlantirishga oid media mahsulotlar, kompyuter dasturlari, mobil ilovalar va boshqa elektron materiallarni tayyorlash ishlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Direktor

Eminov Azizjon G‘ulomjonovich

Jamg‘arma direktori lavozim vazifalari:

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining o‘zbek tilini rivojlantirishga oid hujjatlari, qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • Jamg‘armaning joriy faoliyatini tashkil etadi va unga yuklangan vazifalarning bajarilishiga doir choralar ko‘radi;
  • Vasiylik kengashi tomonidan belgilangan yo‘nalishlarga muvofiq Jamg‘arma faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
  • Vasiylik kengashi qarorlarining bajarilishini ta’minlaydi;
  • Jamg‘arma xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;
  • Davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, boshqa tashkilotlar, shu jumladan xorijiy davlatlarda va xalqaro tashkilotlarda Jamg‘arma manfaatlarini ifoda etadi;
  • Jamg‘armaning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash uchun Vasiylik kengashiga taqdim etadi;
  • Jamg‘armaning lavozim yo‘riqnomalari va boshqa hujjatlarini tasdiqlaydi;
  • Belgilangan tartibda Jamg‘arma xodimlarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, xodimga yuklatilgan topshiriqlarning o‘z vaqtida ijrosini ta’minlanishini nazorat qilish, intizomiy jazo choralarini qo‘llash;
  • Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi
    va shartnomalar tuzadi;
  • Jamg‘arma xodimlari tomonidan bajarilishi majbur bo‘lgan buyruqlar chiqaradi.
  • Jamg‘arma tomonidan nashr etilayotgan kitoblar sifati, mazmuni va belgilangan muddatlarda nashriyotlar bilan hamkorlikda chiqarish;
  • Jamg‘arma mablag‘larini maqsadli sarf etish;
  • Ijro intizomiga rioya etish hamda yuqori tashkilotlar tomonidan berilayotgan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
    Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan nashr etilayotgan har bir kitob, qo‘llanma, lug‘at va boshqa nashrlarini joylarda taqsimotlarini tashkil etish, mualliflar bilan uchrashuvlar o‘tkazish;

Bosh buxgalter

Atajanov Sabirbay Turganbayevich

Bosh buxgalter lavozim vazifalari:

  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarga asosan buxgalteriya hisobini tashkil qilishni ta’minlash, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishni nazorat qilish;
  • Xodimlar oylik ish xaqlarini o‘z vaqtida hisoblashni va ularni tarqatilishini nazorat qilish;
  • Hisob varaqalarda aktivlarning holatini va harakatini, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
  • Bank hujjatlarini ishlab chiqish va xarajatlar smetasi ijro etilishini tahlil qilish;
  • Kirim-chiqim hujjatlari aylanishini nazorat qilish, kelib tushayotgan pul mablag‘lari, tovar moddiy boyliklar va asosiy vositalar, moliya xo‘jalik faoliyati natijalari, shuningdek, moliya, hisob-kitob hisobotini olib borish, pullarning qonuniy o‘z vaqtida rasmiylashtirilishini nazorat qilish;
  • Pulga alokador birlamchi hujjatlar va buxgalteriya hisobotlarini o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlash.
  • Asosiy vositalar, pul mablag‘lari, tovar moddiy qimmatliklar jamg‘armani hisobiga to‘liq kirim qilinishi, shuningdek, ularning xarakati bilan bog‘lik bo‘lgan birlamchi xujjatlarni to‘g‘ri yuritilishi va buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida aks ettirilishi ustidan ichki auditorlik nazoratini amalga oshirish;
  • Tegishli me’yoriy hujjatlar asosida asosiy vositalarni va tez eskiruvchi moddiy qiymatliklarning balansdan chiqarilishi ustidan ichki auditorlik nazoratini amalga oshirish;
  • Budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning kommunal xizmatlar va elektr energiyasining sarflanish limitlariga rioya etilishi ustida ish rejasi asosida ichki auditorlik nazoratini olib borish;
  • Moddiy boyliklar va pul mablag‘lari inventarizatsiyasini o‘z vaqtida o‘tkazish;
  • Samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;
  • Moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish;
  • Respublika budjetiga hisoblangan soliqlarni o‘z muddatlarida o‘tkazish;
  • Pul mablag‘larini maqsadli sarflash;
  • Debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari paydo bo‘lishining oldini olish;
  • Ish xaqi fondini tasdiqlangan shtat jadvallari va shtat formulyarlari asosida to‘g‘ri sarflanishini nazorat qilish;
  • Tovar-moddiy boyliklarni belgilangan qoidalar asosida omborxonaga qabul qilish va chiqim qilishni nazorat qilish;
  • Budjet va budjetdan tashqari mablag‘larni tasdiqlangan harajatlar smetalari asosida harajatlar moddalari bo‘yicha sarflanishini nazorat qilish;
  • Pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklari va asosiy vositalar inventarizatsiyasini o‘rnatilgan tartib asosida sifatli o‘tkazilishini nazorat qilish;
  • barcha moliyaviy smetalarini tayyorlash uchun kerakli ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish;
  • Buxgalteriya hisobotlarini o‘z muddatlarida topshirilishini nazorat qilish;

Bosh mutaxassis

Tuychiyeva Guljamol Jurayevna

Bosh mutaxassis lavozim vazifalari:

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy majlis va Vazirlar Mahkamasining o‘zbek tilini rivojlantirishga oid hujjatlari, qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • Jamg‘armaning joriy faoliyati va unga yuklangan vazifalarning bajarilishiga doir chora-tadbirlar ko‘radi, ish rejalar ishlab chiqadi;
  • Vasiylik kengashi tomonidan belgilangan yo‘nalishlarga muvofiq Jamg‘arma faoliyatini tashkil etadi;
  • Vasiylik kengashi qarorlarining bajarilishini ta’minlaydi;
  • Jamg‘arma tomonidan nashr etiladigan kitoblarning sifati, dizayni, mazmuni, imlosi hamda uni tahrir qilishdan tortib chop etilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarga mas’uldir.
  • Chop etilgan kitoblarning targ‘iboti, taqdimot tadbirlarini tashkil etishni o‘z muddatlarida o‘tkazish turli uchrashuv va tadbirlar uyushtirish;
  • Jamg‘arma tomonidan o‘tkazilayotgan turli grantlar va tanlovlarga shaxsan mas’ul;
  • O‘zbek tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlashga mas’ul;
  • Yangi g‘oyalar, ishlanmalar va uslublar yaratadi, takliflar kiritadi, hamkorlikda ishlayotganlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi va olgan natijalarini umumlashtiradi;
  • O‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha kitoblar, qo‘llanmalar, lug‘atlar va boshqa kitob mahsulotlari, materiallarni chiqarilishida ekspertiza guruhi uchun mas’uldir;
  • Xorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlar va xorijiy mamlakatlardagi o‘zbek tilini o‘rganish markazlari bilan hamkorlik aloqalarini amalga oshiradi;
  • O‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar va “yo‘l xaritalari”ni amalga oshirishda ishtirok etadi;
  • O‘zbek tilini rivojlantirish doirasida xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan tarbirlarni tashkil etishga mas’ullik qiladi;
  • Jamg‘arma direktori buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
  • Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
  • Ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko‘rish hamda ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • Vazirlik, idoralar va hokimliklar bilan hamkorlik ishlarini tashkil etish;
  • Ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilish.

Yetakchi mutaxassis

Eshonqulov Oybek Tojiboyevich

Yetakchi mutaxassis lavozim vazifalari:

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining o‘zbek tilini rivojlantirishga oid hujjatlari, qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • Jamg‘armaning joriy faoliyati va unga yuklangan vazifalarning bajarilishiga doir chora-tadbirlar ko‘radi, ish rejalar ishlab chiqadi;
  • Vasiylik kengashi tomonidan belgilangan yo‘nalishlarga muvofiq Jamg‘arma faoliyatini tashkil etishda bevosita ishtirok etadi;
  • Vasiylik kengashi qarorlari ijrosining bajarilishida faol ishtirok etadi;
  • Chop etilgan kitoblarni kirim-chiqim holatini doimiy olib boradi va nazorat qiladi;
  • kitoblarni belgilangan muddatlarda joylarga tarqatilishi va uning yetib borganligini qayd etib boradi va nazorat qiladi;
  •  kitoblarga ehtiyojlarni muntazam o‘rganib monitoring ishlarini olib boradi;
  • Tashqi reklamalarning qo‘yilishi va ularni nazorat qiladi;
  • O‘zbek tilini rivojlantirish va uni targ‘ibotiga oid materiallarning (video, audio, foto) tayyorlanishiga va ularning tarqatilishini nazorat qiladi;
  • Jamg‘arma tomonidan o‘tkazilayotgan turli grantlar va tanlovlarda ishtirok etish;
  • O‘zbek tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqotchilar bilan ishlashda hujjatlarni umumlashtiradi;
  • O‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha kitoblar, qo‘llanmalar, lug‘atlar va boshqa kitob mahsulotlari, materiallarning chiqarilishida ekspertiza guruhida ishtirok etadi;
  • Xorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlar va xorijiy mamlakatlardagi o‘zbek tilini o‘rganish markazlariga davlat tilidagi materiallarni yetkazishda (tarqatilishi, qayd etib borish, monitoring) hamkor vazirliklar, idoralar bilan tashkiliy ishlarni amalga oshiradi;
  • O‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar va “yo‘l xaritalari”ni amalga oshirishda ishtirok etadi;
  • Jamg‘arma direktori buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
  • Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
  • Jamg‘armaning ma’naviy-ma’rifiy ishlarini tashkil etadi va faol ishtirok etish;
  • Ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilish.

Yetakchi mutaxassis

Karimjonov Sherzod Ikromjon o‘g‘li

  •  

Har birimiz davlat tiliga bo’lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni, ona vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak.

Shavkat Mirziyoyev

Qo’ng’iroq qiling

+998 93 160 07 09 | Dushanba – Juma

Email

info@uztrj.uz

Idora

Toshkent, Yakkasaroy, O’qituvchi ko’chasi, 103-uy