Sog‘liqni saqlash vazirligida “Buyuk Temur va Tibbiyot” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan yozuvchi va tarixchilar Sohibqironning tabib va hakimlarga bo‘lgan ijobiy munosabati haqida to‘xtalib o‘tishdi.
Tadbir doirasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan nashr etilgan “Tibbiy atamalar lug‘ati” nomli kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Ushbu kitobda 10 mingga yaqin so‘zlar jamlangan bo‘lib, kitobning qulayligi boshqa tillar bilan uyg‘unligida.
Bu kitobdan sog‘liqni saqlash tizimidagi xodimlar, oliy o‘quv yurti talabalari, ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari keng foydalanishlari mumkin.
