Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi va Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi, Yozuvchilar uyushmasi hamda Zakovat intellektual klubi bilan hamkorlikda maslahatchilar, shoir-yozuvchilar, soha mutaxassislari o’rtasida Zakovat oʻyini bo‘lib o‘tdi.

Jami 12 jamoa ishtirok etgan intellektual o‘yin qizg‘in hamda ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida taklif etilgan san’atkorlar o‘z qo‘shiqlari bilan ishtirok etishdi.

Faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoalar kitoblar bilan taqdirlandi.
