
Markaziy bankda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda “Ona tilim – mangu makonim” sheʼriy to‘plami hamda yangi nashr etilgan kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Markaziy bank, tijorat banklari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, shuningdek, Davlat tilida ish yuritish va malaka oshirish markazi vakillari ishtirok etishdi.

Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda davlat tilining nufuzini oshirishga qaratilgan so‘nggi yangiliklar haqida so‘z yuritilib, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasining 2022-yildagi faoliyati hamda “Ona tilim – mangu makonim” sheʼriy to‘plami, “Davlat tilida ish yuritish”, “O‘zbekiston joy nomlarining izohli lug‘ati” va “Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati” kitoblari haqida batafsil maʼlumot berildi.

