Toshkent tumanida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

Toshkent viloyati Toshkent tumanida “Bahor keldi seni so‘roqlab” hamda “Davlat va jamoat tashkilotlarida davlat tilida ish yuritishni tashkil etish” mavzusidagi tadbir va amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

    Ma’naviy-ma’rifiy tadbir ishtirokchilar uchun mazmunli hamda foydali bo‘ldi.

Amaliy seminarda Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimov, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov, Markazning Toshkent viloyat hududiy bo‘linmasi rahbari Abdurashid To‘ychiyev hamda Toshkent viloyati hokimi maslahatchisi Shaxnoza Xo‘jayevalar ishtirok etishdi.

    Davlat tilida ish yuritish bo‘yicha yangi adabiyotlar aynan sohalardagi Davlat tilida ish yuritilishi bilan yuzaga kelayotgan kamchiliklarning yechimi sifatida bo‘lib o‘tgan kitoblar taqdimotida aytib o‘tildi.