YAPONIYADA O‘QITUVCHILAR KUNI YO‘Q

« Bir kuni men yaponiyalik hamkasbim, oʼqituvchi Yamamotadan soʼradim:

– Yaponiyada oʼqituvchilar bayrami qanday nishonlanadi, uni qanday kutib olasizlar?

U savolimdan hayron boʼlib javob berdi:

– Bizda oʼqituvchilar bayrami yoʼq.

Uning javobini eshitib, ishonishni yoki ishonmaslikni bilmadim. “Nega iqtisodi, ilm-fan va texnikasi rivojlangan davlat oʼqituvchiga, uning mehnatiga hurmatsizlik qiladi?” degan fikr miyamga oʼtdi.


Bir kuni, ishdan keyin Yamamota meni oʼz uyiga taklif qildi. U maktabdan uzoqroqda yashagani uchun biz metroga tushdik. Kechqurun hamma ishdan uyga qaytadigan vaqt boʼlgani uchun yerosti poezdining vagonlari gavjum edi. Tiqilinch vagon ichida, tutqichlardan mahkam ushlab turdim. Birdan oʼtirgan bir qariya menga joy berdi. Keksa odamning bunday hurmatli munosabatidan hayron boʼldim, uning taklifini qabul qila olmadim, lekin u qatʼiyat bilan oʼtirishga majbur qildi. Metrodan chiqqanimdan keyin Yamamotadan oqsoqolning nega unday qilganini tushuntirishini soʼradim. Yamamota jilmayib, mening oʼqituvchilik koʼkrak nishonimni koʼrsatib dedi:

– Bu qariya sizning ustozlik belgingizni koʼrib, maqomingizga hurmat belgisi sifatida oʼz oʼrinini berdi.


Yamamotaning oldiga birinchi marta borganim uchun quruq qoʼl bilan borish noqulay boʼlib, biror sovgʼa olishga qaror qildim. Yamamota bilan oʼz fikrimni oʼrtoqlashdim, va u nariroqda oʼqituvchilar uchun doʼkon borligini, u yerdan oʼqituvchilar arzon narxlarda tovarlar xarid qilish mumkinligini aytdi. Men yana hayratimni ushlab turolmadim:

– Imtiyozlar faqat oʼqituvchilarga beriladimi?

Yamamota soʼzlarimni tasdiqlab dedi:

— Yaponiyada oʼqituvchilik eng hurmatli kasb, eng hurmatli inson hisoblanadi. Yaponiyalik sotuvchilar oʼqituvchilar doʼkonlariga kelganlarida juda xursand boʼlishadi, buni oʼzlari uchun katta sharaf deb bilishadi.


Yaponiyada boʼlgan vaqtim davomida yaponiyaliklar oʼqituvchilarni qanday hurmat qilishlariga bir necha bor guvoh boʼldim. Metroda ular uchun alohida joylar ajratilgan, ular uchun alohida doʼkonlar ochilgan, oʼqituvchilar har qanday transport turiga chipta olish uchun navbatda turishlariga hojat yoʼq. Yapon oʼqituvchilari hayotining har bir kuni bayramdek boʼlgan bir vaqtda, alohida bayram nimaga kerak?

Bu voqeani soʼzlab berar ekanman, men butun qalbim bilan jamiyatimiz shunday darajaga yetishini, ustozlarga nisbatan shunday munosabatda boʼlishini istayman va har bir oʼqituvchi ham shunday yuksak martabaga munosib boʼlishi zarur! »

Ustozlar, ismingiz oldida taʼzim qilamiz…

©️Internetdan olindi