Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan tashkil etilgan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” tanlovini o‘tkazish an’anaga aylangan.

Bugungi taqdirlash marosimining ko‘tarinki ruhda boshlanganligi buni isbotlaydi. An’anaga aylangan respublika tanlovi bu yil ham 2 yo‘nalishda o‘tkazildi.

Birinchi yo‘nalish: Davlat tili ustuvorligi ta’minlangan eng namunali hudud.

Ikkinchi yo‘nalish: Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim.

Ushbu respublika tanlovining ahamiyati o‘zbek tilining nufuzi va mavqeyini oshirishda o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan hokimliklar hamda tizim tashkilotlarini rag‘batlantirishdan iborat.

Buni bugungi marosim davomida yo‘nalishlarning asosiy g‘oliblardan tashqari qo‘shimcha ravishda rag‘batlantiruvchi boshqa o‘rinlar g‘oliblarining pul mukofotlari va sovg‘alar bilan taqdirlanganidir.

 

Tadbir davomidagi davomida elimiz suygan san’atkorlarning chiqishlari barchaga yuqori kayfiyat bag‘ishladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan