Turkiy mamlakatlarning umumiy alifbosi qabul qilindi

Bоkuda Turkiy dunyoning umumiy alifbosi boʻyicha komissiyaning 3-yigʻilishi yakuniga yetdi. Unda 34 harfdan iborat umumiy turkiy alifbo tasdiqlandi.

 

Yigʻilishda Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo barcha mamlakat vakillari ishtirok etdi. Unda 1991-yil olimlar tomonidan taklif qilingan, lotin yozuviga asoslangan alifbo boʻyicha dastlabki loyiha qayta koʻrib chiqildi.

 

Yangi alifboning har bir harfi turkiy tillarda mavjud turli fonemalarni aks ettiradi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan