“O‘Z YURTIDA ONA TILIN UNUTGANLAR…” Svetlana KIM:
– Men O‘zbekistonda tug‘ilib-o‘sdim. Yurtimni juda yaxshi ko‘raman. Kimyogarman. Moskvada o‘qir ekanmiz, kursdoshlarim o‘sha yerda qolishga yoki yaxshi yo‘llanma olishga intilishardi. Menga Belorusdagi yirik kimyo zavodiga yo‘llanma berishdi, ammo undan voz kechdim. Chunki uyga – O‘zbekistonga qaytishni istadim. Rosti, boshqa joyda yashashni tasavvur qilolmayman. Toshkentga qaytib, ishga joylashdim. Millatim koreys, rus tilida ta’lim olganman. O‘zbekistonda…
