Xorazm viloyatida ilmiy-metodik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonuni, Vazirlar Mahkamasining 117-son qarorining ijrosini taminlash bo‘yicha Xorazm viloyatida Markaz ilmiy-metodik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi tashkillashtirildi.

Vazirlar Mahkamasining 662-son qarori ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, Markaz va uning hududiy bo‘linmalari huzuridagi lingvistik ekpertiza komissiyalari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida maslahat markazi tashkil qilindi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasida Markaz ilmiy-metodik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Kengashda Davlat tilini rivojlantirish departamenti mas’ul xodimi Z.Ro‘ziyev, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori A. Eminov Xorazm viloyati ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha hokim maslahatchisi R.Xudoyberganovlar ishtirok etdi.

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan