Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek tilini mavqeini tushushiga olib kelishi mumkin bo‘lgan qisqa videorolik (montaj qilingan) tarqaldi.

Zo‘r TVning “Artist” loyihasi lavhasidagi Ozodbek Nazarbekov va lohiya ishtirokchisining so‘zlarini montaj qilgan holda ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborilgan.

Aslida ular ishlatgan so‘z “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da quyidagicha izohlangan:

 

JADAL  — (bahs, munozara;) Tezlik bilan, tez.

Fan-texnika jadal sur atlar bilan rivoj lanmoqda. “O‘zbekiston qo‘riqlari”

Ergash lom-mim demay, ko’chaga qarab jadal yo‘l oldi. K.Yashin, Hamza.

Salimaxon jadal yurib, ko‘chaga chiqdi. R.Fayziy, “Sen yetim emassan”.

 

  1. Kechiktirib bo‘lmaydigan, oshig‘ich, shoshilinch.

Elmurod jadal ishi borday chiqib ketdi. Shuhrat, “Shinelli yillar”.

 

JADALLAMOQ – O‘z tezligini, sur’atini oshirmoq, tezlashmoq.

Sidiqjon… sekin burilib, ancha yergacha boshini quyi solgan holda bitta-bitta qadam tashlab bordi, keyin jadalladi. A.Qahhor, “Qo‘shchinor chiroqlari”.

JADALLIK – Tezlik, tezkorlik.

Inobat ertalab turib, dalaga chigib ketdi va jadallik bilan paxta tera boshladi. J.Sharipov, “Saodat”.

 

“Artist” loyihasidagi so‘zlar aslida shu shaklda aytib o‘tilgan. JADALLAMOQ – O‘z tezligini, sur’atini oshirmoq, tezlashmoq.

Sidiqjon… sekin burilib, ancha yergacha boshini quyi solgan holda bitta-bitta qadam tashlab bordi, keyin jadalladi. A.Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari.

Ayrim ijtimoiy tarmoq vakillar(tik toker)idan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekovni so‘zlarni noto‘g‘ri talqin qilmaslikni, qolaversa,  o‘zbek tilini mavqeini hamda sofligiga zarar yetkazadigan noto‘g‘ri ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘rab qolamiz.

 

 

 

 

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan