Toshkent shahrining qator maktablarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi jamoasi ishtirokida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda yurtimizda ona tilimiz – o‘zbek tilini asrash, uni kelajak avlodlarga sof tarzda yetkazish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar olib borilayotganligi haqida ma’lumot berib o‘tildi.
Til – ko‘ngilning oltin kaliti, nutq vositasi bo’libgina qolmay davlatning timsoli va mulkidir. Til – millat ruhi. U xalqning madaniyati, urf-odati, turmush tarzi, tarixidir. Tilni rivojlantirish millat taraqqiyoti demakdir. Shuni aytish kerakki, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi ham mustaqilligimiz va yuksalishimiz yo’lida muhim qadam edi. Til – millat yuzining bir bo‘lagi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan nashr ettirilgan maktab o‘qituvchilari hamda yoshlarga kitoblar sovg‘a qilindi.
