O‘zbek hujjatchiligidagi jiddiy o‘rganilishi, amaliy va nazariy tadqiq etilishi lozim bo‘lgan o‘rinlardan biri ayrim hujjatlarning nomlanishi masalasidir. Bir necha tur hujjatlar rus tilida qanday nomlansa, o‘zbek tilida ham shundayligicha nomlab kelingan. Sho‘rolar davrida idoraviy ish yuritish, asosan, rus tilida olib borilganligi uchun ham bunga ehtiyoj bo‘lmagan. Bunday hol hujjatlarning nomlarida, matnida ham ko‘p kuzatilgan.
O‘zbek tilida uzoq vaqtlar qo‘llanishda bo‘lgan «справка», «рапорт», «инструкция», «акт», «характеристика» kabi ko‘plab hujjat nomlari uchun tegishli o‘zbekcha muqobil so‘zlar yo‘qmidi?! Izlansa, tariximizga, noyob kitoblarimizga, qo‘lyozmalarga murojaat qilinsa, topilardi.
Yusuf Ish yuritish tili va uslubi 17 Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» (XI asr) asarida «yorliq, noma» ma’nosidagi «bildirguluk» so‘zi bor. Bu so‘z sof turkiy «bilmoq» fe’lidan yasalgan. Shularni hisobga olib, «рапорт» deyiladigan hujjatni o‘zbek tilida «bildirish» so‘zi bilan nomlash mumkin. «Справка» ma’nosini «ma’lumotnoma» so‘zi bemalol ifoda etib kelmoqda. «Aкт» shunday hujjatki, unda aniqlangan muayyan hodisa yoki biron-bir faktning to‘g‘riligi tasdiqlanadi va bunga bir necha kishining guvohligi keltiriladi.
Shunday ekan, bu hujjatni o‘zbek tilida «dalolatnoma» so‘zi bilan atayverish mumkin, bu so‘z mazkur hujjatning mohiyatini to‘g‘ri va to‘liq aks ettira oladi. Mazkur so‘zdagi «noma» qismi hujjatning yozma shaklda ekanligiga ishora qiladi. «Инструкция» so‘zi o‘rnida o‘zbekcha «yo‘riqnoma» so‘zini bemalol ishlatish mumkinligini keyingi yillardagi amaliyot ko‘rsatib turibdi. Qisqasi, hujjat nomlarini o‘zbek tilining o‘z imkoniyatlari asosida shakllantira borish, hujjatchilikdagi so‘z va iboralarning o‘zbekcha muqobilini izlab topish va amaliyotga kiritish bugungi kunning talabidir
