O‘ZBEK TILIM – O‘Z TILIM

Xitoylik Nodiraning beg‘ubor orzulari

Bugungi kunda dunyoda ellik millionga yaqin kishi o‘zbek tilida so‘zlashmoqda. Chet elliklarning O‘zbekistonga kelib, ona tilimizni o‘rganayotgani yurtimizning dunyodagi mavqeyi tobora yuksalib borayotganidan dalolat. Xitoylik Bay Yang xonim ayni paytda poytaxtimizda yashab, o‘zbek tilini o‘rganib, ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Bu yerda, O‘zbekistonda do‘stlarim meni Nodira deb chaqirishadi, – deydi Bay Yang. – Bugungi kunda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida qiyosiy adabiyotshunoslik bo‘yicha birinchi bosqich doktorantiman. O‘zbek tili bilan ilk tanishuvim 2018-yilda Xitoyda boshlangan va o‘sha vaqtdayoq unga mehr qo‘yib, sevib qolganman. O‘zbek tilining talaffuzi, jozibasi meni o‘ziga maftun qilgan. O‘zbekistondagi birinchi ustozim Dilfuza opa menga mashhur shoira Nodirabegimning hayoti va ijodi haqida so‘zlab bergan, menga “Nodira” deb ism qo‘ygan. Bilasizmi, boshi da Nodirabegim she’rlari va g‘azallarini unchalik yaxshi tushunmaganman. Hozir esa uning g‘azallarini o‘qib, ta’sirlanaman va yangi ismim bilan faxrlanaman. Universitetda ko‘pchilikning yor da mi bilan o‘zbek tilini yanada mukammal o‘rganyapman. Ayniqsa, ilmiy rahbarim, filologiya fanlari doktori, professor Saodat Muhammedova va Durdona Erma tovadan juda minnatdorman. Dissertatsiyamni himoya qilgach Xitoyga qaytib, universitet talabalariga o‘zbek tilini o‘rgatmoqchiman. Xitoylik yosh larni o‘zbek tili va madaniyati bilan yaqin dan tanishtirish, ikki mamlakat o‘rtasida do‘stlik aloqa larini mustahkamlashga hissa qo‘shish asosiy maqsadimdir.

Zarnigor IBROHIMOVA yozib oldi.

manba

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan