“O‘ZBEK TILINING MILLIY KORPUSI: MUAMMOLAR VA VAZIFALAR” MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida “Oʻzbek tilining milliy korpusi: Muammolar va vazifalar” mavzusidagi Xalqaro ilmiy amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.

Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi xodimlari, sohaning xorijiy va mahalliy yetakchi mutaxassislardan Sank-Peterburg davlat universitetidan V.Zaxarov, Istanbul texnika universitetidan A.Adali, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti professorlari, B.Mengliyev, Sh.Hamroyeva, Oʻzbekiston Milliy universitetidan professor N.Abdurahmonova, Buxoro davlat universitetidan G.Toirova, Toshkent davlat texnika universitetidan B.Tadjiboyev, SamDu professori S.Karimov va boshqalar ishtirok etishdi.

Konferensiyada quyidagi 3 ta sho‘ba faoliyat yuritdi:

1-sho‘ba. O‘zbek tilining milliy korpusi: natijalar, muammolar, vazifalar;

2-sho‘ba. Korpus tilshunosligining nazariy va amaliy masalalari;

3-sho‘ba. Tilshunoslikda raqamli va axborot texnologiyalar.

 

TАTU Samarqand filiali

Аxborot xizmati