“Oriat Dona” radiokanali bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan “TAVAKKAL” loyihasi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda “Oriat Dona” radiokanali bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan “TAVAKKAL” loyihasi haftaning har dushanba kuni 8:00 dan 9:00 gacha efirga uzatilmoqda.

Loyihada g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarga Jamg‘arma tomonidan chop etilgan kitoblar hamda radiokanal tomonidan konsert dasturiga chiptalar taqdim etib kelinmoqda.

Navbatdagi sonda Samarqand viloyatidan 2 nafar ishtirokchi g‘olib bo‘ldi. Jamg‘arma mas’ul xodimlari viloyatga tashrif buyurib, g‘oliblarga sovg‘alarini topshirishdi.

Ushbu loyihada siz ham ishtirok eting hamda Davlat tili bo‘yicha bilimlaringizni sinab, sovg‘alarni qo‘lga kiriting!