Saylov so’zining o’zagini eski turkiy tildagi «o’ylamoq, e’tibor qilmoq» anglamidagi sa- fe’ligacha olib borilish mumkin. Shuningdek, bu so’z chig’atoy tilida ishlatilgan «tanlamoq, hisoblamoq, hisobga qo’shmoq» ma’nosini bildiruvchi sayla- fe’liga +v qo’shimchasi qo’shilib yasalgan so’zdir. Ushbu so’z turkiy xalqlarda ham ishlatiladi:
saylau – qozoqcha
shayloo- qirg’izcha
saýlaw- turkmancha
Biroq Turkiya turkchasida saylov o’rnida seçim», Ozarbayjonchada esa «seçki» so’zi ishlatiladi.
Saylov bilan bog’liq ba’zi so’zlar:
saylovchi
saylovoldi
saylamoq
saylangan
Saylov uchastkasi
@shevashunos
