PESHKU – Buxoro viloyati tarkibidagi shahar va tuman nomi.
Mahalliy aholi peshku so‘zini ikki xil talqin qiladi. Birinchisi, tuman nomi fors-tojik tilidagi peshiko‘y – “katta yo‘l ustidagi joy” ma’nosini bildiradi va shu nomdagi qishloqqa nisbatan ishlatilgan. Nom dastlab aholi punktining geografik o‘rniga nisbatan ishlatilgan va keyinchalik tuman ham shu nom bilan atalgan. Ikkinchi talqin bo‘yicha, nom tojik tilidagi pesh – “old” va ko‘h – “tog‘” so‘zlaridan iborat. Nom qo‘llanish jarayonida ixchamlashgan va talaffuzda qulay bo‘lgan peshku shakliga aylangan. Ikkinchi talqin ishonchliroq ko‘rinadi va u tuman hududining geografik joylashuviga ham mos keladi.
