“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida yangilangan va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ilk bor chop etilgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri, atoqli shoir Nodir Jonuzoq, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari Dilshod Kenjayev, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasining direktori Azizjon Eminov va boshqalar ona tilimizni asrab-avaylash…
