Shanxay chet tillar universitetiga kitoblar yetkazildi

 

Xitoyning Shanxay chet tillar universiteti, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo tillari Instituti, Markaziy Osiyo tillari fakultetida 2018-yilda “O‘zbek tili” ta’lim yo‘nalishi hamda O‘zbekiston tadqiqotlar markazi ham tashkil etilgan.

Mazkur universitetda filologiya fanlari doktori Rahmatov Mardon Mehmonovich talabalarga o‘zbek tilini o‘rgatib kelmoqda.

       

O‘zbek tilini xalqaro mavqeyini mustahkamlash va chet elliklarga o‘zbek tilini o‘rganishda ko‘maklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mazkur oliygohga jamg‘arma tomonidan chop ettirilgan o‘zbek tiliga oid qo‘llanma va lug‘atlar yetkazib berildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan